Foto: RIA Novosti
Ukraina hamda Rossiya armiyasi urush vaqtda halok bo‘lgan askarlarining jasadlarini almashgan. Bu haqda Rossiyaning Birinchi kanal davlat telekanali muxbiri Irina Kuksenkova yozmoqda.
Uning aytishicha, Ukrainaning Zaparoje viloyatidagi to‘qnashuvlar kesishgan joyda ikki tomon ham bir-biriga halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini yuborgan. Tomonlar 160 tadan jasad almashgan. Bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalarda tasdiqlanmadi.
Kuksenkovaning yozishicha, unga ma’lumotni razvedkachilar taqdim etgan. Rossiya davlat kanali muxbiri jasadlar almashilgani haqidagi xabarni razvedkadan eksklyuziv tarzda olgani, bu ma’lumot uning kanalidan olingani aytilmay tarqalayotganidan jahli chiqqanini ham iddao qilgan.
Muxbir keyingi postida aniqlik kiritishicha, Ukraina tomoniga yuborilgan jasadlar «Azovstal» zavodida halok bo‘lgan ukrain harbiylariga tegishli bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)