06:00 / 06.06.2022
2 457

Ukrainani vayron qilishning britancha azoblari

Ukrainani vayron qilishning britancha azoblari
Rossiya maxsus operatsiyaning 3 oyi ichida Ukrainada 460 ta zenit-raketa tizimlarini yo‘q qildi. To‘rt-beshta HIMARS batareyasi taxminan bir kunga yetadi.

Uncha katta va zamonaviy bo‘lmagan g‘arbiy qurollar Kiyev rejimiga barcha azoblarga “chidab turishi” uchun emas, balki jangovar harakatlarni iloji boricha cho‘zish, ukrain qo‘shinlarining butunlay mutlaq yo‘q qilinishi hisobiga Rossiyani zaiflashtirish maqsadida yetkazilmoqda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles 1 iyun kuni Ukrainaga Amerikada ishlab chiqarilgan M270 MLRS (Multiple Launch Rocket System)- 80 km uzoqlikdan zarba berishga qodir bo‘lgan, GPS-yo‘l ko‘rsatkichli zalp olovli reaktiv tizimlar yetkazishini ma’lum qildi.

Uollesning aytishicha, M270 batareyalari “Ukraina kuchlarining imkoniyatlarini sezilarli darajada ko‘paytiradi”. To‘g‘ri, bu reeksport uchun AQSHning ruxsati kerak (albatta, ruxsat berishadi ham), murakkab texnikani boshqarishni o‘rgatish uchun esa mutaxassislarni Buyuk Britaniyada tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Texnikalardan Ukrainada (u yerda Rossiya artilleriyalari hukmronlik qilyapti) samarali foydalanish uchun esa Britaniya texnikalarining miqdori yetmaydi- atigi 44 dona.

Bir kun oldin Oq uy ham Kiyev rejimiga 80 kmgacha uzoqliqda bo‘lgan HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari yetkazilishini ma’lum qildi. Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov esa Amerika prezidenti Jozef Baydenga qizg‘in minnatdorchilik bildirdi. Garchi UKQ atigi 4 dona tizimlarini olsada, bu 400 kilometrlik “sharqiy frontda” kuchlar muvozanatini hech qanday o‘zgartirmasa-da.

M270 MLRS tizimi yo‘q qilish maydoni bo‘yicha hatto ittifoq davrida ishlab chiqarilgan “Uragan” RSZOlaridan ham past. 120 kmgacha masofaga ega bo‘lgan “Smerch” RSZOning ulkan jangovar kuchi amerikancha muqobillar bilan mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydi. Rossiyaning “Tornado-S” tizimi haqida gapirmasa ham bo‘ladi, u bir necha tonna portlovchi moddalarni nishonga to‘liq yetkazib beradi va 67 gektardan ortiq maydonni “qoplaydi”.

Uch oy maxsus operatsiya davomida rus qo‘shinlari 460 ta Ukraina zenit-raketa tizimlarini yo‘q qildi. Har kuni UQK o‘rtacha 4-5 ta raketa yo‘qotadi va Amerikada ishlab chiqarilgan HIMARS batareyasi quvvati esa taxminan bir kunga yetadi. Ehtimol, britaniyaliklar bir haftalik jangdayoq tinchib qoladi. Qanday bo‘lmasin, “AQSH qurollarining strategik sur’ati” haqidagi mish-mishlar juda bo‘rttirilgan.

Bunga parallel ravishda, Germaniya Ukrainadagi Amerika va Britaniya RSZOlarini Rossiya zarbalaridan himoya qilish niyatida 40 km gacha bo‘lgan IRIS-T zenit-raketa tizimlarini yetkazib bermoqda. Biroq, UQK “Buk” zenit-raketa komplekslarining nemischa muqobilini tezda qo‘lga kiritmaydi. Loyiha uch-to‘rt yilga mo‘ljallangan va ularning miqdori hatto Ukraina havoga qarshi mudofaa yo‘qotishlarining 30 foizini ham qoplamaydi.

Kollektiv G‘arb Kiyev rejimini “oxirgi ukrain askari” qolguniga qadar urush qilishga majburlamoqda. Maqsad - odamlarning ommaviy qirg‘inidan daromad qilish va o‘z qurollar arsenallarini yangisiga almashtirib olish.

Logistika azoblari
AQSHda ishlab chiqarilgan HIMARS raketa tizimlarining turli modifikatsiyalari 14 ta mamlakat qurolli kuchlari safida bor. Amerikaning (ramziy) yetkazib berishidan ko‘zlangan maqsad ittifoqchilarni o‘z reaktiv tizimlarini Kiyev rejimiga yuborishga undash edi. Birovning qo‘li bilan urush qilish- “gegemon”ning o‘ziga xos xususiyati axir.

Keyinchalik amerikaliklar bu qo‘llarga (uzoqligi 300 kmgacha)MGM-140 ATACMS operativ-taktik raketalar yetkazib berishi ham mumkin. Ular M270 va M142 HIMARS raketalariga mos tushadi. Albatta bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga uchun ma’suliyatdan voz kechish.

Ehtimol ushbu qurollarga umid qilish ortidan Ukraina prezidenti ma’muriyati rus qo‘shinlarining hujumkor operatsiyasini to‘xtatishga va “sharqiy frontda” vaziyat iyul oyida barqarorlashiga umid qilmoqda. Go‘yoki asosiy jang qarshilik ko‘rsatishning yangi ramzi bo‘ladigan Baxmut uchun ketadigandek.

Kiyev masxarabozlari tushunmaydi: Amerika “lend-liz”i aslida strategik jihatdan hech narsani hal qilmaydigan “ko‘ltiqtayoq” xolos. Masalan, SSSR uchun “lend-liz” Qizil armiyaning 20%gacha tarkibi bo‘lgan. Biroq, samoletlarning 89%, tanklarning 84 %i ittifoqning o‘zida ishlab chiqarilgan edi.

Ukrainaning harbiy sanoat kompleksi va neftni qayta ishlash korxonalari “nol”ga tushgan, g‘arb UQK ga qurol yetkazib berishni xohlagan vaqtda to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Rossiyaning “Iskandar”, “Kinjal” va “Kalibra”lari esa hech qachon tugamaydi.

Ukrainaga NATO qurollarining yetkazilishi Rossiyani bezovta qilmoqda, albatta sabrning ham oxiri bor. 1 iyun kuni kechqurun Ukraina g‘arbidagi Beskid temir yo‘l tunneliga raketa hujumi sodir etilgani haqidagi ma’lumotlar Kiyev rejimi rejalarining xomxayolligi, UQK logistikasining strategik beqarorligidan dalolat beradi. Beskid tunnelidan Slovakiyadan qurol-yarog‘, xususan, Amerikaning M777 gaubitsalari va ular uchun o‘q-dorilarni yetkazib berish uchun ko‘p foydalaniladi. Ushbu ob’ektga berilgan zarba birinchisi va oxirgisi emas.

Avvalroq, Odessa viloyatining Zatoka aholi punktida Rossiya qanotli raketalari bir necha marotaba temir yo‘l ko‘prigini “demilitarizatsiyalagan”. Bu ko‘prik orqali Ruminiyadan ukrain qo‘shinlari uchun qurol va yoqilg‘i-moylash materiallari yetkazilgan. Hatto Dneprning chap qirg‘og‘ida ham, bugungi kunda raketa hujumi nishoniga aylangan katta Sinelnikovo temir yo‘l kesishmasi hududida portlashlar qayd etilgan.

Stokgolm dunyo muammolarini o‘rganish xalqaro instituti (SIPRI) direktori Nil Melvin Kiyevga qurol yetkazishning yuqori darajada xavfli, ayniqsa, Varshava uchun xatarli bo‘lishini bejizga aytib o‘tmadi. Moskva Polsha hududidagi ta’minot liniyalari va logistik markazlariga zarba berishi mumkin. Ta’kidlash joiz “Kalibr” va “Kinjal”lar g‘arbroqqa- aytaylik Londonga ham uchishi mumkin.

Rossiya barcha geosiyosiy masalalarda nuqta qo‘ymoqda. Ukrainada “olov uyumi” taktikasini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Qariyb 1000 nafar harbiy va 100 ta jangovar texnika bilan Ivanovo viloyatida Strategik yadroviy kuchlar mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

Bular orasida uzoqligi 11 ming kilometrga yetadigan “Yars” minalardan tozalash zirhli mashinalari ham bor. Texnika manevrli individual nishon birliklariga ega jangovar kallak bilan jihozlangan.

Ertami yoki kechmi G‘arb baribir “ukraincha loyihasi”ni bekor qilishga, muzokaralar stoliga qaytishga va Moskvaning ko‘p qutbli dunyoning teng va bo‘linmas havfsizligi haqidagi takliflarini qabul qilishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainani vayron qilishning britancha azoblari