Norvegiya qiroli Xarald V va qirolicha Sonyaning to‘ng‘ich qizi — 50 yoshli malika Marta Luiza afroamerikalik Durek Verrett bilan unashtirilganini e’lon qildi.
47 yoshli Durek Verrett — shaman va tabib, Gollivud yulduzlarining (xususan, Gvinet Peltrou hamda Antonio Banderasning) rahnamosi.
Qirol va qirolicha juftlikni tabriklab, ularga eng yaxshi tilaklarini yo‘llagan. Taxt vorisi, malikaning ukasi shahzoda Xokon ham bo‘lg‘usi oilani qutladi.
Marta Luiza ukasi Xokon va uning ikki o‘g‘lidan so‘ng Norvegiya taxtiga to‘rtinchi voris sanaladi. Yozuvchi Ari Ben bilan turmushidan uchta qizi bor. U bilan 14 yil birga yashab, 2016 yilda ajrashishgan.
Afroamerikalik shaman bilan esa 2018 yilda tanishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar