Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Javlon Vahobov Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va baliqchilik vaziri Lana Popxem bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kanada tomoni bilan Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga O‘zbekistondan vaqtinchalik va mavsumiy ishchilarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, Britaniya Kolumbiyasiga har yili 12 mingga yaqin mavsumiy mehnat muhojirlari, asosan, Meksika va Lotin Amerikasining qator mamlakatlaridan provinsiyaning qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun 5-6 oy muddatga keladi.
O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda Kanada vaziri mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik qilish va O‘zbekistondan Britaniya Kolumbiyasiga mavsumiy ishchilarni jo‘natish istiqbollarini muhokama qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?