date
views 1 749

DXR hukumati iste’foga chiqarildi. Rossiyalik amaldor DXRning yangi bosh vaziriga aylandi

DXR hukumati iste’foga chiqarildi. Rossiyalik amaldor DXRning yangi bosh vaziriga aylandi
Aleksandr Ananchenko
Foto: DNR Live

DXR hukumatiga Vitaliy Xotsenko rahbarlik qiladi. Bu haqda Donetsk xalq respublikasi parlamenti axborotiga tayanib «TASS» xabar berdi.

Xotsenko avval Rossiya sanoat va savdo vazirligidagi departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

DXR yangi bosh vaziri Vitaliy Xotsenko
Foto: Don Press

Donetsk xalq respublikasining rahbari Denis Pushilin bosh vazir Aleksandr Ananchenko rahbarligidagi hukumatni iste’foga chiqargan.

Hukumat yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini amalga oshirishda davom etadi, deyiladi DXR rahbarining tegishli farmonida.

Pushilin o‘z Telegram-kanalidagi postda Ananchenkoga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildirgan va uning DXR xalq kengashiga munosib hissa qo‘shganini qayd etib, bosh vazirlikka yangi nomzodni ilgari surayogani haqida yozdi.

Pushilin hukumat iste’fosini integratsion jarayonlarni tezlashtirish zarurati paydo bo‘lgani bilan izohladi.

Ananchenko DXR bosh vaziri lavozimini 2018 yil oktabr oyida egallagandi.

Ukrainadagi urush tufayli DXRda yana Rossiyaga qo‘shilish zarurati yuzasidan referendum o‘tkazish haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Xususan 7 iyunda DXR parlamenti raisi Vladimir Bidevka xalq muhokamasi o‘tkazilishi xususida gapirgan. Shuningdek, Donetskning Rossiyaga qo‘shilishi borasida Moskva qo‘shinlari egallab olgan Xerson va Zaporojsk viloyatlarining yangi ma’muriyatlari vakillari ham bayonotlar qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » DXR hukumati iste’foga chiqarildi. Rossiyalik amaldor DXRning yangi bosh vaziriga aylandi