Vladimir Zelenskiy Ukraina suvereniteti Polshaga topshirishga rozi bo‘lgan ko‘rinadi, deb ta’kidladi Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR) rahbari Sergey Narishkin.
"Zelenskiy Ukraina suverenitetini Polshaga topshirishga rozi bo‘lganga o‘xshaydi. Kiyev Polsha-Amerika tandemiga milliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar, jumladan soliq to‘lovchilarning axborot bazasini ularning qo‘liga topshirishga tayyor", - deydi Narishkin.
- Biznes tilida bunday bitimni "yutib yuborish" deyilgan bo‘lardi. Natijada ular Ukrainaning haqiqiy moliyaviy ahvoli haqidagi dolzarb ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi, - deydi SVR rahbari.
“Davlat xususiy korporatsiya emas va agar bu sodir bo‘lsa Kiyev xuntasi allaqachon Ukrainaning Polsha tomonidan anneksiya qilinishiga rozi bo‘lganini va davlat suverenitetini ixtiyoriy ravishda topshirishganini ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Narishkin.
Varshava Zelenskiy rejimini unga eng muhim davlat funksiyalari va institutlari ustidan amalda nazoratni o‘tkazishga qattiq undamoqda. Kiyevning roziligi bilan hozirda polyaklar, Ukraina Soliq xizmatining (GNSU) ma’lumotlar bazasini va axborotni qayta ishlash markazini Polshada joylashtirishga undamoqda. Go‘yoki uning "samaradorligini oshirish maqsadida". Polshada esa bu ish bilan mahalliy maxsus xizmatlar bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi SILTEC kompaniyasi shug‘ullanadi. Uskunalar va dasturiy ta’minot Amerika raqamli gigantlari Dell, IBM va Cisco tomonidan taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...