06:00 / 13.06.2022
2 094

Ukrainaga yadro qurolini berish g‘oyasi Polsha xalqini xavf ostida qoldiradi — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi

Ukrainaga yadro qurolini berish g‘oyasi Polsha xalqini xavf ostida qoldiradi — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Mariya Zaxarova
Foto: Rosbalt

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sobiq Polsha tashqi ishlar vaziri, hozirda Yevroparlament deputati bo‘lgan Rodoslav Sikorskiyning Ukrainaga yadro qurolini berish taklifini tanqid qildi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram’dagi kanalida Sikorskiyning bayonotidan iqtibos keltirdi: «Rossiya Budapesht memorandumini buzdi va shu bois G‘arb Ukrainaga o‘z mustaqilligini himoya qilish uchun yadro kallaklarini ‘sovg‘a qilish'ga haqli».

«Amerika tomonidan boshqariladigan polshalik siyosatchilar ekstremistik mafkurani namoyish etmoqda, nafratni tarqatmoqda, mojarolarni qo‘zg‘atmoqda va endi ular butun sayyoraga yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimini buzish bilan tahdid qilmoqdalar», deb yozadi Zaxarova o‘z Telegram kanalida.

«Ammo eng muhimi, ular dunyoning yadroviy qayta taqsimlanishiga jalb qilinayotgan Polsha xalqini xavf ostida qoldiradi», — deya ta’kidlagan Rossiya TIV rasmiy vakili.

Eslatib o‘tamiz Rossiya shu yilning 24 fevral kuni Ukrainda o‘zining «maxsus operatsiyasi»ni boshladi. Ukraina Rossiyaning 1994 yilgi Budapesht memorandum qoidalarini buzganini ta’kidladi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, Rossiya Ukraina o‘z yadro qurolidan voz kechishi evaziga uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligni hurmat qilishga kafolat bergan. Polshaning sobiq Tashqi ishlar vaziri va amaldagi Yevroparlament deputati aynan ushbu memorandum shartlaridan kelib chiqib, G‘arb Ukrainaga yadro qurolini «sovg‘a qilish» huquqiga ega ekanini ma’lum qildi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaga yadro qurolini berish g‘oyasi Polsha xalqini xavf ostida qoldiradi — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi