19:40 / 28.06.2022
1 593

Turkiyada ruminiyalik ayol islom dinini qabul qildi

Turkiyada ruminiyalik ayol islom dinini qabul qildi
Foto: Turkiya diyonat ishlari vazirligi
Ruminiya fuqarosi Alyona Istanbulning Bag‘jilar tumani muftiyligida bo‘lib o‘tgan marosimda shahodat kalimasini aytib, musulmon bo‘ldi. Bu haqda Turkiya diyonat ishlari vazirligi xabar bermoqda.

U uzoq yillar Islom dinini o‘rganib, e’tiqod borasida chuqur izlanishlar olib borgan. Nihoyat, u haq din deya Islomni tanladi va musulmon bo‘lishga qaror qildi.

Qur’oni Karim tilovati bilan boshlangan marosimda tuman muftiysi Abdulkarim Tuxumju va muftiy o‘rinbosari Gungoren Islom dinining bosh tamoyillari haqida gapirib berdi.

«Alloh nazdida yagona din Islom dinidir. Izlanishlari natijasida musulmon bo‘lgan birodarimizni tabriklayman. Ishonchim komilki, birodarimiz go‘zal dinimizni yanada sevib qoladi», — dedi u.

Marosim Alyona iymon kalimasini keltirganidan keyin, duolar bilan yakunlandi. Alyona Islom dinini qabul qilganidan keyin o‘z ismini Aylin deb o‘zgartirdi.

Muftiy o‘rinbosari Tuxumju Aylinni tabriklab, unga Din ishlari bo‘yicha boshqarma tomonidan chop etilgan Qur’oni karim tarjimasi va Islom diniga oid turli kitoblarni taqdim etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada ruminiyalik ayol islom dinini qabul qildi