date
views 1 079

Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi

Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi
Foto: VKontakte
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Stomatologiyaga qo‘shgan hissasi uchun» I darajali ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.

Qodirovga mukofot Grozniydagi 1-stomatologiya poliklinikasi yangi binosi ochilish marosimida topshirilgan.

Ramzan Qodirov marosimga quruq qo‘l bilan bormagan: bosh shifokorni Chechenistonning eng oliy mukofoti — Qodirov ordeni bilan taqdirladi. Orden 750-probali oltindan yasalgan, yoqut, sapfir va brilliantlar bilan bezalgan.

Qodirov ordeni
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi