
Ukrainaing Odessa viloyatiga raketa hujumi oqibatida kamida 17 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining «Janubiy» operativ qo‘mondonligi xabar bermoqda. Xabar Odessa hokimligining Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Ukraina harbiylarining ma’lum qilishicha, 1 iyulga o‘tar kechasi Tu-22 samolyoti Odessa viloyatining Belgorod-Dnestrovskiy tumaniga raketa zarbasini bergan. Ta’kidlanishicha, uchta X-22 raketasi 9 qavatli turar joy binosi va ikkita dam olish maskaniga urilgan. Uyning old qismi butunlay vayron bo‘lgan, deb yozadi «Dumskaya» nashri.

Foto: Telegram
Ertalabki soat 05:30 holatiga (Toshkent vaqti bilan 07:30) ko‘ra, 31 kishi jarohat olgan. Ular orasida to‘rt nafar bola va bir homilador ayol bor. Vayronalar ostidan 8 kishi qutqarib olindi. Og‘ir tan jarohati olganlar kasalxonaga yotqizildi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Foto: Telegram “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar