23:30 / 02.07.2022
1 559

Ramzan Qodirov Rossiya va LXR kuchlari Lisichanskni to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi

Ramzan Qodirov Rossiya va LXR kuchlari Lisichanskni to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi
Foto: «Ctnews.ru»
Ukrainaning Lugansk viloyati shimoli-g‘arbidagi Lisichansk shahri Rossiya harbiylari hamda Lugansk xalq respublikasi kuchlari tomonidan to‘liq qurshab olindi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

«Qopqon yopildi. Lisichansk ittifoqchi qo‘shinlar tomonidan o‘rab olindi… Tez orada shaharga keng miqyosdagi yurish boshlanishi taxmin qilinyapti. Dushman hech qayerga keta olmaydi, chunki shaharga kirish ham chiqish ham yopib qo‘yilgan», — deb yozgan u.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra u Lisichanskdagi vaziyat to‘g‘risida axborotni Ahmad-Hoji Qodirov nomidagi politsiya polka komandiri Zamir Chalayevdan olgan.

Qodirov dastlabki xabaridan bir soat o‘tgach ittifoqchi bo‘linmalarning Lisichansk markazida ekanini xabar qildi. Avval Chechinston rahbari ikki marta 25 may hamda 25 iyunda Rossiya qo‘shinlarining Lisichanskga kirganini bildirgan edi. Ukraina milliy gvardiyasi spikeri Ruslan Muzichuk 2 iyulda shahar atrofida ayovsiz janglar ketayotgani, biroq hudud qurshovga tushmagani va hanuzgacha ukrainalik harbiylar nazorati ostida ekanligini ta’kidlagan.

LXR milliy militsiyasi vakili Andrey Marochko ham «Interfaks»ga Lisichanskning qurshovga olinganini ma’lum qilgan. U LXR va Rossiya kuchlari eng oxirgi strategik muhim cho‘qqilarni egallaganini qayd etgan.

Rossiya mudofaa vazirligi ham, Ukraina tomoni ham Lisichanskning qamalda qolgani yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Lisichansk Lugansk viloyatida Rossiya kuchlari ixtiyoriga o‘tmagan yagona hudud hisoblanadi. Shahar Shimoliy Dones daryosining o‘ng sohilida joylashgan. Daryoning narigi sohilida Severodonetsk shahri bor, u Lugansk 2014 yilda LXR tarkibiga o‘tganidan keyin Ukrainadagi viloyatning markaziga aylangandi.

May oxirida davom etgan Severodonetsk uchun janglarda Ukraina kuchlari o‘z pozitsiyasini Lisichanskdan turib himoya qilgandi. 24 iyunda Ukrainaning Lugansk viloyati harbiy administratsiyasi rahbari Sergey Gayday ukrainalik harbiylar yo‘qotishlar sabab Severodonetskdan chiqib ketishini e’lon qilgan.

22 iyunda AQSHning urushni tatqiq qilish instituti Rossiya bo‘linmalarining yaqin vaqt ichida Lisichansk atroflariga hujum qilishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan. Ekspertlar Rossiya Lisichanskni egallashi uchun shaharning har bir mavze va dahasi uchun ayovsiz jang qilishi kerakligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Rossiya va LXR kuchlari Lisichanskni to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi