Ukraina Til ombudsmani Taras Kremen mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy va prezident devoni maslahatchisi Aleksey Arestovichni til bo‘yicha qonunni buzganlikda aybladi.
Qonunga ko‘ra, rasmiy vazifalarni bajarishda mansabdor shaxslar ukrain tilini bilishlari shart. Vladimir Zelenskiy 29 iyun kuni Ukrainaga kelgan biznesmen Richard Brenson va aktyor hamda rejissyor Shon Penn bilan uchrashuvlarda ingliz tilida gapirgan.
Shuningdek, Aleksey Arestovich intervyu paytida bir necha bor rus tilida gapirgan. Bundan tashqari, u o‘zining Telegram kanalini rus tilida olib boradi.
Xuddi shunday qoidabuzarliklar Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko, Lugansk va Chernovsi viloyatlari ma’muriyati rahbarlari Sergey Gayday va Sergey Osachuk (11 iyul kuni ishdan bo‘shatilgan), Odessa shahri rahbari Gennadiy Truxanovda ham aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi