Dmitriy Dashkevich / Foto: DWP
Minskning Moskva tuman sudi «Yosh front» Belarus muxolif harakatining sobiq rahbari Dmitriy Dashkevichni 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Dashkevichning rafiqasi Anastasiya 3 yillik «uy kimyosi» jazosiga hukm qilindi (Belarusda bu axloq tuzatish muassasasiga yuborilmasdan ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo turi hisoblanadi), deb xabar berdi Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi 14 iyul, payshanba kuni o‘z Telgram-kanalida.
Dashkevichlar 2020 yil 23 avgust kuni Minskda o‘tkazilgan norozilik aksiyasida qatnashgani uchun sudlandi. Prokuror har ikkala ayblanuvchiga ham 1,5 yil haqiqiy qamoq jazosi berishni so‘radi, biroq sudya Anastasiya bir oy oldin to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirganini inobatga olib, boshqacha qaror qabul qildi. Belarusda «uy kimyosi» «axloq tuzatish muassasasiga yuborilmasdan erkinlikni cheklash» deb hisoblanadi: mahkum bir qator shartlar ostida ozodlikda qoladi - politsiya bo‘limiga xabar berish va ma’lum soatlarda uyda qolish.
Dmitriy Dashkevich 2004-2015 yillarda «Yosh front» harakatini boshqargan. Uning uchun bu uchinchi qamoq jazosi. 2006 yilda u «ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilot nomidan faoliyat yuritish» moddasi bilan 1,5 yil, 2011 yilda esa «bezorilik» moddasi bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi