23:57 / 22.07.2022
1 812

Lukashenko panslavyan davlatini yaratish orzusi haqida gapirib berdi

Lukashenko panslavyan davlatini yaratish orzusi haqida gapirib berdi
Foto: «RIA Novosti»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AFP agentligiga bergan intervyusida u panslavyan davlatini yaratish orzusida ekanini aytdi. Bu haqda «BelTA» xabar berdi.

«Men slavyan davlatini orzu qilganman. Ular o‘z davrida rus dunyosi g‘oyasini ilgari surgan. 1990 yillardan beri men doim slavyan davlatlarini yaratish haqida gapirib kelaman. U yerda polyaklar, slovaklar, bolgarlar va boshqalarni ko‘raman», — dedi Lukashenko.

Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, har kim o‘z mamlakatida yashasa-da, ular orasidagi aloqani yo‘qotmaslik kerak: «Ammo biz slavyanlarmiz. Men bu haqda gapirganman».

14 iyul kuni «Vitebskdagi Slavyan bozori» san’at festivalining ochilish marosimida so‘zga chiqqan Lukashenko NATOning sharqqa tomon kengayishi «slavyanlarni barrikadalarning turli tomonlariga tarqatib yuborganini» aytdi. U Ukraina mavzusiga to‘xtalib, mamlakat siyosatchilari «slavyan o‘zligidan voz kechganini» iddao qildi. Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Ukraina «yo‘qotilgan», bu Rossiya «harbiy operatsiyasi» boshlanishidan ancha oldin sodir bo‘lgan.

Yil boshida Belarus prezidenti Ukrainani «slavyanlar bag‘riga» qaytarishga va’da bergan edi. U G‘arbning harakatlarini «Rossiya—Ukraina birodarligini qonga botirish»ga urinish deb atadi va har qanday holatda ham «slavyan birodarligini» saqlab qolishga chaqirdi. Rossiyaning mamlakatdagi harbiy amaliyoti haqida gapirar ekan, Lukashenko Minsk Moskvani qo‘llab-quvvatlashini, biroq belaruslar uchun ruslar va ukrainlarning to‘qnashuvi fojia ekanini aytdi.

Aprel oyida Lukashenko 1999 yilda Rossiya va Belarus imzolagan ittifoq davlati «hech kim xafa bo‘lmasligi» uchun yangi tamoyillar asosida qurilayotganini aytgandi. «Ishonchim komilki, sobiq sovetning qolgan respublikalari ham ushbu ittifoqqa qo‘shiladi», — degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko panslavyan davlatini yaratish orzusi haqida gapirib berdi