Foto: «Afisha.uz»
Hindistonning SWA Diamonds kompaniyasi «Ami» uzugini yaratdi. Bu so‘z sanskrit tilida «o‘lmaslik» degan ma’noni anglatadi. U Ginnesning rekordlar kitobiga rekord miqdordagi katta brilliant uzuk sifatida kiritildi.
Indoneziya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Avstraliya kabi tropik mamlakatlarda o‘sadigan, iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan pushti qo‘ziqorin shaklini eslatuvchi uzukning yuza qismiga 24 679 ta brilliant qadalgan.
«Ushbu qo‘ziqorin barhayotlik va uzoq umr ko‘rish ramzidir», — deydi SWA Diamonds boshqaruvchi direktori Abdul G‘afur Anadiyan mahsulot dizaynini tushuntirish jarayonida.
Foto: «Afisha.uz»
Mutaxassislar dastlab uzukning plastik prototipini yaratgan. Keyin qolip raqamli ravishda qayta shakllantirilgan. Zargarlik buyumi dizaynining yakuniy versiyasini loyihalash uchun taxminan uch oy vaqt ketgan. Mahsulotni yaratishda va brilliant uzuk qolipini yasashda 3D tizimidan foydalanilgan. Qolipga suyuq oltin quyilgan va keyin sovutib olingan. Shundan keyin suyuq oltindan 41 ta gulbarg yasalgan.
Kompaniya mutaxassislari qo‘ziqorin shaklidagi uzukning barglariga olmoslarni qo‘l mehnatida yopishtirgan. Qimmatbaho uzukning dumaloq qismi ham qisman olmos bilan qoplangan. Og‘irligi 340 gramm bo‘lgan zargarlik buyumining qiymati 95 243 dollarga teng.
Foto: «Afisha.uz» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?