1 694
Urushning 154-kuni: Xarkivdagi janglar, dneprlik ayol uyida qo‘nim topgan donbassliklar (foto)
- 27 iyul kuni Dnepr ustidan Xerson tomonga o‘tuvchi Antonov ko‘prigi harakatlanish uchun yopildi, bunga ukrain harbiylari HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali zarba yo‘llashi sabab bo‘ldi.
- Oliy rada Volodimir Zelenskiy tomonidan bosh prokurorlik uchun ko‘rsatilgan «Xalq xizmatchisi» partiyasi deputati Ondriy Kostin nomzodini ma’qulladi.
- Ukraina hukumati Belarus bilan chegaradagi istehkomlarning ko‘rinishini namoyish etdi.
- «DXR» rahbari Denis Pushilin Ukrainaning «ruslar tomonidan asos solingan» shaharlarini «ozod qilish»ga chaqirdi: u Kiyev, Chernihiv, Odessa va Xarkiv shaharlarini ham sanagan.
- Odessa, Chernomorsk va Janubiy portlari orqali g‘alla eksporti tiklandi.
Quyida Ukrainaning turli nuqtalarida urushning 154-kunida olingan suratlar bilan tanishingiz mumkin:
Xarkiv oblasti
Chuguyev parkida artilleriya hujumlari ehtimolini hisobga olib, beton bloklar va qum to‘ldirilgan qoplardan qilingan himoya inshooti. Rossiyaliklarning 25 iyul kunigi zarbalaridan halok bo‘lgan uchinchi shaxsning jasadi 27 iyul kuni xarobalar ostidan olib chiqildi. Snaryad Chuguyev Madaniyat uyiga kelib tushgandi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Xarkivning Saltovka rayoni aholisi nasos orqali suv chiqarib yuvinmoqda. Saltovka doimiy ravishda rossiyaliklar zarbalari ostida qolmoqda. Ukraina nashrlari yozishicha, bu hududda urushga qadar yashagan 200 ming kishidan hozirga kelib faqat mingga yaqini qolgan.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain harbiylari janglar orasidagi tanaffus vaqtida yerto‘lada hordiq chiqarmoqda. 27 iyul kuni «DXR» rahbari Denis Pushilin «ruslar tomonidan asos solingan» ukrain shaharlarini «ozod qilish»ga chaqirdi. U bunday shaharlar qatorida Xarkivni ham sanab o‘tgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiylari Xarkiv obslatidagi front chizig‘ida RF qo‘shinlarini artilleriyadan o‘qqa tutishdan oldin koordinatalarni tekshirmoqda. Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, Xarkivdan shimoldagi hududlar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlar o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan rossiyalik harbiylarni o‘qqa tutmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar Baxmut chekkasidagi turar joy binosiga raketa tushishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga urinmoqda. 27 iyul kuni tongda rus qo‘shinlari shaharni o‘qqa tutdi. Zarba mehmonxonaga tushgan: ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi vayronalar ostidan qutqarildi, uch kishi yaralangan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar RF harbiylarining Baxmut bo‘ylab yo‘llagan zarbalari oqibatlarini bartaraf etmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutlik kishi shahar chetida yonayotgan uy oldidan o‘tmoqda
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya
Yulevka qishlog‘idagi makkajo‘xori ombori rossiyalik harbiylarning raketa zarbasidan vayron bo‘ldi. Zaporijjya oblasti qisman Rossiya kuchlari nazorati ostida. Yulevkani o‘z ichiga olgan Novoaleksandrovskiy jamoati Ukraina qurolli kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA
Dnepr
Ukraina sharqidan kelgan qochqinlarni qabul qilgan 50 yoshli Galina Kocherga o‘z bog‘i bo‘ylab ketmoqda.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupollik 19 yoshli Kseniya Kuzmyuk severodonetsklik 19 yoshli Valeriya Shandrega quyonni uzatmoqda. Ikki qiz ham Galina Kochergining uyida yashaydi.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupollik Anatoliy Jukov — Galina Kochergining uyidan qo‘nib topgan yana bir qochqin.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Galina Kochergining uyida yashovchilar terrasada muloqot qilishmoqda.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson
Fuqarolik transporti uchun yopilgan Antonov ko‘prigiga qarab turgan xersonliklar. 26 iyul kuni kechqurun Ukraina qurolli kuchlari HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali Dnepr ustidan o‘tgan ko‘prikni o‘qqa tutishdi. Bu Xersonni oblastning Dneprning chap sohilidagi hududlar bilan bog‘lovchi yagona ko‘prik hisoblanadi. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol ko‘chadagi bozorda sun’iy gullar va dafn guldastalari sotmoqda. Ukrainadagilar Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan 600 dan ortiq aholi punktlaridan 44 tasi qaytarib olinganini aytmoqda va butun oblast sentabr oyida ozod etilishini taxmin qilmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?