Foto: STATE EMERGENCY SERVICE
28 iyul tongida Ukrainaning shimoli-sharqiy oblastlariga Belarus hududidan turib zarbalar yo‘llandi. Bu haqda Ukraina Bosh shtabi ma’lum qilgan.
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki hisobotida tunda Ukraina shimoliga zarbalar kelib tushgani xabar qilingan.
Harbiylarning qayd etishicha, Rossiya aviatsiya va raketa zarbalari yo‘llashda davom etmoqda, jumladan Belarus Respublikasi hududidan turib hujum qilingan.
Moskva va Minsk Belarus hududidan turib raketa zarbalari berilgani haqidagi ma’lumotlarni hozircha izohlamagan.
«Yoppasiga raketalar kelishi»
Bosh shtabda 28 iyul tongida Belarus hududidan turib 20 dan ortiq raketa Chernihiv va Kiyev oblastlariga uchirilgani, ularning bir qismi ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilgani aytiladi. To‘qqizta raketa Goncharovskoyega kelib tushgan. Bosh shtab hisobotida qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
«2022 yil 28 iyul kuni soat 5:20 dan soat 6:30 gacha, Belarusdagi manbalarga ko‘ra, Belarus hududidan 20 dan ortiq raketa uchirilgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan», deyiladi «Shimol» operativ qo‘mondonligining feysbukdagi xabarida.
«Hozircha Chernihiv oblastidagi Goncharovskoye obshinasiga 9 raketa kelib tushgani ma’lum, ular o‘rmonzor massiviga qulagan. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimimiz shunday ishlagan», deyiladi harbiylar xabarida.
Mahalliy aholi vakillari Belarus bilan chegaraga yaqin joylashgan aholi punktlari hududida otishmalar ovozini eshitishgani haqida aytishgan.
Foto: ANDRII NEBYTOV/TELEGRAM
Chernihiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chaus tongda oblast hududiga «10 dan ortiq raketa» uchib kelganini xabar qilgan.
«Soat ertalabki 5 dan keyin Belarus hududidan yoppasiga raketa otildi. Ular Goncharovskoye atrofiga kelib tushgani haqida dastlabki ma’lumotlar bor. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz ham ishlamoqda. Hozir xavfsizlik nuqtayi nazaridan bu qayerda bo‘layotgani haqida ayta olmayman. Qurbonlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda, hozircha bu borada aniq ma’lumot bera olmayman», deya xabar qilgan u telegramdagi kanalida.
Kiyev yaqinidagi otishmalar
28 iyul tongida Vishgorodskoye rayoni bo‘ylab beshta raketa uchirilgan, yana ikki raketa havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilgan.
«Bugun tongda dushman Vishgorod rayonidagi aholi punktlaridan biriga raketa zarbalari yo‘lladi», deya xabar beradi Kiyev oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba telegramdagi kanali orqali. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa zarbalari oqibatida besh kishi yaralangan, ammo qurbonlar bo‘lmagan.
Kiyev oblasti politsiyasi boshlig‘i Ondriy Nebitov ham infratuzilma ob’ektlariga zarba berilgani haqidagi xabarni tasdiqlagan va bu aviazarba bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
Keyinroq Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Kiyev oblastidagi harbiy qismga oltita raketa kelib tushganini ma’lum qildi.
«Ertalabki soat 5 atrofida raqib Kiyev oblastining Lyutij qishlog‘idagi harbiy qismga «Kalibr» rusumli qanotli raketalardan oltitasini yo‘lladi. Ayni vaqtda bir bino vayron bo‘lgani va yana ikki binoga shikast yetgani to‘g‘risida ma’lumot bor», degan Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ boshqarmasi boshlig‘i Oleksiy Gromov.
Yana bir qanotli raketani Bucha atrofida ukrain havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushirgan.
Mikolayivning o‘qqa tutilishi
Tongda Mikolayivda ham portlashlar ovozlari eshitilgan. Oblast ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim uchta raketa kelib tushgani haqida ma’lum qilgan.
Mikolayiv meri Oleksandr Senkevichga ko‘ra, raketa zarbalaridan «o‘quv muassasasi va turar joy binolari» shikastlangan.
«Shahardagi maktablardan biri amalda to‘liq vayron bo‘ldi. Binoning bir qismi qulab tushgan. Bino qorovuli yaralangan. Yaqin atrofdagi uylarning derazalari va tomlari uchib tushgan», deya yozgan Senkevich.
Uning aytishicha, raketalardan yana biri «Kemasozlik universiteti suv stansiyasi hududiga tushgan va omborga zarar yetkazgan».
Senkevichning aniqlik kiritishicha, ikkita ko‘p qavatli uy binosiga ham shikast yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?