15:15 / 30.07.2022
1 410

Fotima Payman Avstraliyaning birinchi hijobli senatoriga aylandi

Fotima Payman Avstraliyaning birinchi hijobli senatoriga aylandi
Avstraliyaning birinchi hijobli senatori 27 iyul, chorshanba kuni mamlakat Senatida qilgan birinchi murojaatida bosh kiyim kiyishni tanlagan yosh qizlarni “buni g‘urur bilan bajarishga” chaqirdi.

G‘arbiy Avstraliya senatori Fotima Payman General-gubernator Devid Xerlining palatalar tarixidagi birinchi Afg‘onistonda tug‘ilgan va hijobli bo‘laturib saylangan vakil sifatidagi mavqeini bayon qilish uchun Avstraliya parlamentidagi ochilish nutqida Payman shunday dedi: "Menga nima kiyishim kerakligi haqida “maslahat berayotganlar” yoki tashqi ko‘rinishimdan kelib chiqib, mening malakamni baholashni hohlayotganlar uchun, bilingki, hijob mening tanlovimdir".

27 yoshli senator so‘zida davom etdi: “Men hijob kiyishga qaror qilgan yosh qizlar buni g‘urur bilan kiyishlarini istayman. Men ko‘cha bo‘ylab kalta yubka kiygan ayollarni hukm qilmayman va odamlar meni sharf kiyganim uchun hukm qilishlarini ham hohlamayman.Men yoshman, men ilg‘orman va men zamonaviy Avstraliyaning vakiliman", - dedi Payman.

Fotima Paymanning qisqa biografiyasi

• Payman afg‘on qochqinlari sifatida Avstraliyaga kelgan va 2018 yilda vafot etgan otasiga qurbonliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.
• 2003 yilda Avstraliyaga kelganida u sakkiz yoshda edi.
• 27 yoshli Fotima Payman shu hafta Avstraliya parlamentida birinchi hijobli senator bo‘lganidan keyin tarixga kirdi.
• Payman 2003 yilda onasi va uchta kichik ukasi bilan Avstraliyaga kelganida sakkiz yoshda edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fotima Payman Avstraliyaning birinchi hijobli senatoriga aylandi