Miyagi 9 yillik tanaffusdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga qaytdi

1 daqiqa o'qish7
Miyagi 9 yillik tanaffusdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga qaytdi

Mashhur reper Miyagi qariyb to‘qqiz yillik tanaffusdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasini ochdi. Shuningdek, u dekabr oyida SUSPENSE nomli yangi yakkaxon albomini taqdim etishini e’lon qildi.

San’atkorning yangi sahifasida kelajakdagi albomga kiritiladigan «Na dne» qo‘shig‘idan qisqa parcha ham joylashtirildi. Keyinchalik «Ruini» kompozitsiyasidan ham parcha e’lon qilindi.

Yangi albom Miyagi'ning 2019 yil iyun oyida chiqqan Buster Keaton plastinkasidan keyingi ilk yakkaxon ishi bo‘ladi. Hozircha SUSPENSE albomining aniq taqdimot sanasi, treklar ro‘yxati va unda boshqa ijrochilar ishtirok etishi haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, reper 2017 yildan beri shaxsiy ijtimoiy tarmoqlarini faol yuritmagan. Yangi rasmiy sahifani esa u faoliyat yuritadigan Hajime Records leybli jamoasi boshqarishi ma’lum qilingan.

Shu bilan birga, Miyagi 2026 yil mart oyida Endshpil bilan hamkorlikda ANABIOS nomli albomni ham taqdim etgan edi. Biroq SUSPENSE uning yetti yildan ortiq vaqt ichidagi ilk yakkaxon albomi bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?