20:36 / 31.07.2022
1 891

Rossiya qo‘shinlarining hujumi oqibatida Ukrainadagi eng yirik don kompaniyasi egasi halok bo‘ldi

Rossiya qo‘shinlarining hujumi oqibatida Ukrainadagi eng yirik don kompaniyasi egasi halok bo‘ldi
Foto: «Nibulon»
Ukrainalik tadbirkor, «Nibulon» qishloq xo‘jaligi kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Aleksiy Vadaturskiy hamda uning rafiqasi Raisa 31 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlarining Nikolayevga hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi rahbari Vitaliy Kim ma’lum qildi.

«Ukrayinskaya pravda» nashrining yozishicha, Rossiya snaryadlari tadbirkorning uyiga tushgan.

«Aleksey Afanasevich Nikolayev viloyati uchun, Ukraina uchun juda ko‘p ish qilgandi. Uning qishloq xo‘jaligi va kemasozlik sanoatini rivojlantirish, mintaqa rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos», — dedi Kim.

Aleksey Vadaturskiy 74 yoshda edi. Forbes’ning ukrain xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda «Nibulon» daromad bo‘yicha Ukrainadagi uchinchi qishloq xo‘jaligi kompaniyasiga aylangan. Kompaniya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish, shuningdek, kema qurish bilan shug‘ullanadi. «Nibulon» so‘nggi yillarda g‘alla tashish uchun o‘z flotiga sarmoya kirita boshlagan.

Vadaturskiyning o‘zi 430 million dollar boyligi bilan eng boy ukrainaliklar ro‘yxatida 24-o‘rinni egallagan.

2007 yilda tadbirkor Ukraina Qahramoni unvonini olgan.

Nikolayev viloyati rasmiylariga ko‘ra, 31 iyulga o‘tar kechasi viloyat katta o‘qqa tutilgan, xususan, turar joy binolari, mehmonxona, sport majmuasi va ikkita ta’lim muassasasi vayron bo‘lgan. Rossiya Nikolayevga ushbu hujum haqida hozircha izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlarining hujumi oqibatida Ukrainadagi eng yirik don kompaniyasi egasi halok bo‘ldi