
Afg‘oniston chegarasida Eron va «Tolibon» harbiy kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Siyeston va Belujiston viloyatining Hilmand (Xirmand) tumani rahbari Meysam Barazandega tayanib IRNA xabar bermoqda.
«Xirmand shahri yaqinida Eron Islom Respublikasi chegara qo‘shinlari va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi», dedi u.
Tuman rahbari chegarachilar va «Tolibon» guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotganini ham ta’kidladi.
Ehtimoliy qurbonlar haqida Barazande aniq gap gapirmagan. To‘qnashuv sabablari hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar