
Minsk markaziy okrug sudi Telegram’da Aleksandr Lukashenkoga bag‘ishlangan «Sasha 3%» va «Luka» nomli ikkita stikerlar to‘plamini «ekstremistik» materiallar deb topdi. Ushbu ma’lumot Belarus Axborot vazirligi saytida e’lon qilingan ekstremistik materiallar ro‘yxatida paydo bo‘ldi, deb yozadi «Yevroradio».

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot
«RIA Novosti»ning qayd etishicha, bu Belarusda stiker to‘plamlari «ekstremistik» materiallar sifatida tasniflangan birinchi holat.
2020 yilda, Belarusdagi prezidentlik saylovlari oldidan internetda «Sasha 3%» memlari paydo bo‘lgan edi, ular onlayn so‘rovlarda atigi 3 foiz respondentlar Aleksandr Lukashenkoga ovoz berishga tayyorligini bildirganidan so‘ng tarqalgan va ommalashgan. Prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra, Belarus Markaziy saylov komissiyasi Lukashenkoni g‘olib deb e’lon qildi, shundan so‘ng mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar