Amerikaning “New York Post” gazetasi o‘quvchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va amerikalik aktrisa Jessika Chesteynning 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuviga salbiy munosabat bildirdi. RIA Novosti nashr o‘quvchilarining ba’zi iqtiboslaridan misol keltirdi.
Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida Gollivud yulduzi bilan birga tushgan suratini e’lon qilgandi.
“Zelenskiy qurol-yarog‘ va odam savdosi, pul yuvish bilan shug‘ullansa-da, uning butun dunyoga mashhur odamlar bilan uchrashishga hali ham vaqti bor...”, - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
“Yana ayting-chi, nega urush zonasidagi Zelenskiy aktrisalarning ko‘nglini olish bilan band, axir biz milliardlab dollar soliqlarni unga yuboryapmiz?” - deb so‘radi boshqa sharhlovchi.
“Men tomonlarni almashtiryapman. Rossiyaga nisbatan barcha sanksiyalarni olib tashlang va Ukrainani muzokara stoliga o‘tirishga majbur qiling”, - deya ta’kidladi yana bir foydalanuvchi.
“Uning mashhur odamlar bilan uchrashishdan ham muhimroq ishlari yo‘qmi?”, deya xulosa qilgan nashr o‘quvchilari.
Ukraina prezidenti o‘zining nomaqbul ko‘rinishi va davlat rahbari sifatidagi faoliyati uchun bir necha bor tanqid qilingan. Xususan, 16 iyun kuni Fransiya, Germaniya va Italiya rahbarlarining Kiyevga tashrifi chog‘ida Zelenskiy rasmiy ish kostyumi o‘rniga harbiy kiyim kiygan edi.
Bundan tashqari, Zelenskiy va uning rafiqasi Elenaning “Vogue” jurnali uchun suratga tushgani ham tanqidlar to‘lqiniga sabab bo‘lgandi. Amerika ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu Ukrainadagi vaziyatni ahamiyatsiz holat sifatida ko‘rsatgan va Kiyevning so‘zlari hamda harakatlarining samimiyligiga shubha uyg‘otgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?