19:36 / 15.08.2022
1 179

Yerevandagi portlashda halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi

Yerevandagi portlashda halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi
Yakshanba kuni Armaniston poytaxti Yerevan markazidagi «Surmala» savdo markazining portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 61 kishi jarohatlangan va 15 kishi bedarak ketgan. Bu haqda Armaniston FVVga tayanib, Interfaks xabar bermoqda.

«Yana bir kishining jasadi topildi. Qurbonlar soni 6 nafarga yetdi», – deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, hodisa oqibatida bedarak ketganlar soni ham 15 nafarni tashkil qilmoqda.

Dushanba kuni ertalab voqea joyiga mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan ham yetib borgan.

FVV bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki portlash va undan keyingi yong‘in savdo markazining pirotexnika vositalari saqlanadigan omborida ro‘y bergan.

«Surmala» savdo markazi turli tayyor va oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji savdosiga ixtisoslashgan bozor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerevandagi portlashda halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi