date

Pokistonda temiryo‘l yaqinidagi portlashda o‘nlab odam halok bo‘ldi

Pokistonda temiryo‘l yaqinidagi portlashda o‘nlab odam halok bo‘ldi

Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temiryo‘l liniyasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Anadolu agentligi Geo News telekanaliga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, yana 70 kishi jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida poyezdlardan biri qisman shikastlangan. Shuningdek, yaqin hududdagi avtomobillarga ham zarar yetgan.

Kuchli portlash to‘lqini sabab atrofdagi binolarning oynalari sinib ketgan. Hozirda voqea joyida qutqaruv va tergov ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda temiryo‘l yaqinidagi portlashda o‘nlab odam halok bo‘ldi