11:19 / 16.08.2022
1 033

Turkiya delegatsiyasi F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga jo‘nab ketdi

Turkiya delegatsiyasi F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga jo‘nab ketdi
Foto: «Russian.rt.com»
Turkiya delegatsiyasi Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun AQSHga jo‘nab ketdi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar bermoqda.

- Turkiya Mudofaa vazirligining texnik delegatsiyasi AQSH taklifiga binoan F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilish va sotib olish jarayonini tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida jo‘nab ketdi, — deyiladi Turkiya harbiy boshqarmasi xabarida.

Joriy 2022 - yil boshida AQSH va Turkiya rasmiylari ushbu mavzu bo‘yicha qator maslahatlashuvlar o‘tkazgan.

2021 yilning kuzida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vashington F-35 dasturiga ilgari sarmoya kiritish evaziga Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishni taklif qilganini, Anqara bir necha yil avval Rossiyaning S-400 larini sotib olganidan keyin bu dasturdan chiqarib tashlanganini aytgan edi.

Qo‘shma Shtatlar Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olishidan bir necha xavotirini bildirgan. Chunki Rossiyaning bu tizimlardan beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari haqida ma’lumot olish uchun foydalanishi mumkin deb hisoblangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya delegatsiyasi F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga jo‘nab ketdi