06:00 / 21.08.2022
1 227

Buyuk Britaniya TIV: Rossiya G20 sammitida qatnashish uchun «axloqiy huquqqa ega emas»

Buyuk Britaniya TIV: Rossiya G20 sammitida qatnashish uchun «axloqiy huquqqa ega emas»
Foto: Depositphotos
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Rossiyaning G20 uchrashuvlarida qatnashishiga qarshi chiqdi, deb yozadi «Kommersant’». Bosh vazir lavozimiga da’vogarlik qilayotgan vazirlik rahbari Liz Trass esa avvalroq G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini aytgan edi.

«Ukrainaga qarshi tajovuz davom etayotgan bir paytda Rossiyaning G20 sammitida qatnashish uchun axloqiy jihatdan haq-huquqi yo‘q», — dedi idora vakili Reuters’ga. Uning ism-sharifi oshkor qilinmadi.

London raislik qiluvchi Indoneziyaning G20 uchrashuvlarida Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishga intilishlarini, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ehtimoliy ishtirokini qo‘llab-quvvatladi.

Trass Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi yetakchisi lavozimiga saylovoldi poyga chog‘ida G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan yagona nomzod bo‘lgandi.

Kreml hozircha prezidentning 15—16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishini e’lon qilgani yo‘q. Yakuniy qaror bevosita safardan oldin qabul qilinadi. Ammo Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Putin uchrashuvda shaxsan qatnashmoqchi ekanini aytdi. Ukraina prezidenti ofisi Vladimir Zelenskiy sammitda Putin qatnashadigan bo‘lsa, u ham borishini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya TIV: Rossiya G20 sammitida qatnashish uchun «axloqiy huquqqa ega emas»