1 409
Trass Britaniyani himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: EPA
Britaniya bosh vaziri lavozimiga da’vogarlik qilayotgan tashqi ishlar vaziri Liz Trass, agar zarur bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini aytdi. Uning bayonoti Times Radio YouTube-kanaliga joylangan.
«Fikrimcha, bu (yadro qurolidan foydalanish) bosh vazirning muhim vazifasi. Men buni bajarishga tayyorman», — dedi Trass Buyuk Britaniyaga tahdid tug‘ilsa, yadro qurolidan foydalanish imkoniyati haqidagi savolga javob berarkan.
Buyuk Britaniya «yadro beshligi» davlatlaridan biri bo‘lib, unga Rossiya, AQSH, Xitoy va Fransiya ham kiradi. The Bulletin ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hozirda 225 ta yadro kallaklariga ega, ulardan 120 tasi ishga tushirilishga tayyor.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 7 iyul kuni iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. Jonson Britaniya rasmiylari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga va’da bergan. Siyosatchi yangi bosh vazir saylanmaguncha lavozimida qoladi. Ushbu lavozim uchun Trassdan tashqari sobiq moliya vaziri Rishi Sunak ham kurashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi