Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat geosiyosiy nuqtai nazardan murakkab mintaqada o‘zining zaif bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
«Biz Turkiyani har tomonlama mustahkamlashga majburmiz. Turkiya texnologiyalarni rivojlantirayotganining sababi yangi urushlarga urinish emas, balki mamlakat qudratini mustahkamlashga qaratilgan majburiy chora», - dedi u Samsun shahrida o‘tkazilayotgan TEKNOFEST KARADENIZ aviatsiya, kosmonavtika va texnologiyalar festivalida.
Turkiya prezidenti Gretsiya hukumatini tarixdan saboq olishga chaqirdi.
«Agarda hozirgi provokatsiyalarni davom ettiradigan bo‘lsangiz, buning badali katta bo‘ladi. Afinaga faqat bir gapim bor: Izmirni esdan chiqarmang!».
U bu gapi bilan 100 yil avval Mustafo Kamol Otaturk qo‘mondonligi ostidagi turk armiyasi grek qo‘shinlarini Anatoliya va Izmirdan quvib chiqarganini eslatdi.
«Gretsiya orollarni bosib olgani Turkiyani to‘xtata olmaydi. Biz kerakli vaqtda kerakli harakatni amalga oshiramiz. Bu kutilmaganda va har qanday tunlarning birida sodir bo‘lishi mumkin», - dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi