18:50 / 08.09.2022
4 990

Rossiyaliklarning Gruziyaga kirishi ommaviy taqiqlana boshladi

Rossiyaliklarning Gruziyaga kirishi ommaviy taqiqlana boshladi
Gruziya va Rossiya chegarasi
Foto: «Fokus»

Rossiyaliklarning Gruziya hududiga kirishi ommaviy ravishda taqiqlana boshladi. Bu haqda «Agenstvo» nashri yozmoqda.

Janubiy Kavkazdagi Free Russia Foundation fondi direktori Yegor Kuroptev nashrga ma’lum qilishicha, Gruziya bir necha hafta oldin rossiyaliklar uchun chegara nazoratini kuchaytirgan; endi har kuni bir necha o‘nlab odamlarga mamlakatga kirish taqiqlanmoqda.

«Na kasbi, na Gruziyada yashashi yoki uy-joy ijarasi shartnomasining borligi e’tiborga olinmayapti. Agar u yerda yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lmasa, boshqa hujjatlar Rossiya fuqarolari uchun Gruziyaga kirish kafolati bo‘la olmayapti», — dedi Kuroptev.

Rossiyaning Trabzondagi bosh konsulxonasi ham rossiyaliklarning Turkiya orqali Gruziyaga kirishi «deyarli har kuni» rad etilayotgani haqida ma’lum qildi.

Urush boshlanganidan keyin Gruziya rossiyalik muhojirlar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biriga aylandi. U yerga ko‘p sonli siyosiy faollar va jurnalistlar ko‘chib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo