Maksim Galkin Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilindi

Maksim Galkin Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilindi
Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi teleboshlovchi va parodist Maksim Galkinni jismoniy shaxslar – xorijiy agentlar reyestriga kiritdi, deya xabar bermoqda Interfax.ru.

Agentlik veb-saytidagi jismoniy shaxslar-xorijiy agentlar ro‘yxati juma kuni kechqurun yangilandi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Galkin Ukrainadan moliyaviy yordam olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Galkin hozirda chet elda yashaydi. U shu yilning mart oyida, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyotiga qarshi chiqqanidan so‘ng Isroilga jo‘nab ketgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar