22:30 / 18.09.2022
1 976

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojarolarda halok bo‘lganlar soni 80 nafardan oshgan

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mojarolarda halok bo‘lganlar soni 80 nafardan oshgan
Foto: AP Photo
Bishkek 46 kishi, Dushanbe 38 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. Qirg‘iziston hukumati, shuningdek, to‘rt nafar harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan, deya xabar beradi «RBK».

Qirg‘iziston tomonidan Tojikiston bilan chegarada sodir bo‘lgan vaziyat keskinlashuvi natijasida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «24.kg» Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot markaziga tayanib. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 38 kishi halok bo‘lgani, jumladan, ikki askar, 20 dan ortiq fuqaro jarohatlangani haqida ma’lum qildi.

Qirg‘izistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bedarak yo‘qolgan to‘rt nafar harbiy xizmatchini qidirish ishlarini boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo