22:53 / 19.09.2022
1 827

AQSH qamoqxonasidan ozod qilingan afg‘onistonlik narkobaron Kobulga qaytdi

AQSH qamoqxonasidan ozod qilingan afg‘onistonlik narkobaron Kobulga qaytdi
«Tolibon»ning yuqori martabali tarafdori Bashir Nurzay Qo‘shma Shtatlarda o‘n yetti yildan so‘ng ozodlikka chiqdi va Kobulga 19 sentyabr, dushanba kuni yetib keldi, deya xabar beradi Regnum.

Afg‘oniston davlat matbuoti Nurzay Guantanamo qamoqxonasida saqlanayotgan so‘nggi afg‘onlardan biri bo‘lganini ma’lum qildi.

«Hurmatli Hoji Bashir yigirma yillik qamoqdan so‘ng ozod etildi va bugun Kobulga yetib keldi», — deb yozadi «Tolibon» vakili Muhammad Naim ijtimoiy tarmoqda.

Bashir Nurzay 2005 yilda hibsga olingan va AQSHga 50 million dollardan ortiq miqdordagi geroin olib kirishda ayblangan.

Keyinchalik uning advokati mijozi giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini rad etib, ayblovlar olib tashlanishini talab qildi. Chunki AQSH hukumati xodimlari Nurzayni hibsga olmaslik va’dasi bilan aldagan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo