19:39 / 21.09.2022
1 796

Si Jinping Xitoy harbiylarini urushlarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Si Jinping Xitoy harbiylarini urushlarga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Foto: Kommersant
XXR raisi Si Jinping Xitoy harbiylari «urushlarga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratishlari» kerakligini aytdi, deb xabar berdi Sinhua agentligi.

Xabarda aytilishicha, u milliy mudofaa va harbiy islohotlarga bag‘ishlangan anjumanda ana shunday fikr bildirdi.

«Islohotlar tajribasini umumlashtirish va qo‘llash, yangi vaziyatlarni nazorat qilish, vazifalar talabini tushunish, urushlarga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratish kerak»,— dedi Jinping.

Anjumanda Si Xitoy qurolli kuchlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar o‘tkazilganini ta’kidladi.

Xitoy armiyasini isloh qilish 2015 yilda boshlangan. O‘shandan buyon strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari tashkil etildi. Bundan tashqari, harbiy-dengiz floti ikkita aviatashuvchi va ko‘plab kemalarga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo