16:59 / 24.09.2022
1 931

Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti buryatlarni safarbarlikdan qochib, ularning mamlakatiga kelishga chaqirdi

Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti buryatlarni safarbarlikdan qochib, ularning mamlakatiga kelishga chaqirdi
Skrinshot: «Focus.ua»
Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti Saxiagiyn Elbergdorj Rossiyadagi mayda millatlarga murojaat qilib, safarbarlikdan Mo‘g‘uliston chegarasi orqali qochishga chaqirdi va ularni iliq kutib olishga va’da berdi.

Kiyimiga sariq va ko‘k rangdan iborat tasma taqib olgan sobiq prezident ingliz tilida nutq so‘zlayotib shunday dedi: «Buryatiya mo‘g‘ullari, Tuva mo‘g‘ullari va Qalmiq mo‘g‘ullari bu urushda hammadan ko‘p jabr ko‘rdi… Ulardan to‘p yemi sifatida foydalanishmoqda… Biz sizlarni quchoq ochib kutib olamiz».

Bundan tashqari, sobiq prezident safarbar etilganlarga yuzlanib shunday dedi: «Ukrainaliklarga, o‘z aka-singillaringizga o‘q uzmang, ularning farzandlariga o‘q uzmang, ularning mamlakatini va ularning mamlakatini yakson qilmang, Ukraina mavjud bo‘lish uchun to‘la huquqqa ega».

Gapining so‘ngida Saxiagiyn Elbegdorj ukrain xalqiga va prezident Vladimir Zelenskiyga murojaat qildi: «Botirligingiz uchun rahmat. Sizning g‘alabangiz — bizning umumiy g‘alabamiz. Diktatura abadiy emas. Qahramonlarga shon-sharaflar bo‘lsin». Oxirgi gapini u ukrain tilida aytdi.

Saxiagiyn Elbegdorj Lvovdagi harbiy o‘quv yurtida harbiy jurnalistika yo‘nalishida o‘qigan. U 2009 yildan 2017 yilgacha Mo‘g‘uliston prezidenti bo‘lgan.

Rossiyada nimalar bo‘lyapti?

21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. «Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman», — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizini tashkil qiladi. Xizmat o‘tab bo‘lgan, harbiy-hisob mutaxassisligi va jangovar tajribaga ega bo‘lganlargina chaqiriladi. Talabalar va shoshilinch xizmat harbiy xizmatchilari safarbar etilmaydi, degan edi Shoygu.

Armiyaga chaqiriladigan odamlar soni ko‘rsatilgan band safarbarlik haqidagi farmonda maxfiylashtirib qo‘yilgan. «Novaya gazeta. Yevropa» nashri xabariga ko‘ra, ushbu bandda bir million kishi armiyaga chaqirilishi haqida aytiladi. Meduza’ning federal vazirliklardan biriga yaqin manbasi aytib berishicha, armiyaga 1,2 million kishini chaqirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mo‘g‘uliston sobiq prezidenti buryatlarni safarbarlikdan qochib, ularning mamlakatiga kelishga chaqirdi