
Rossiyada safarbarlik e’lon qilinishidan keyingi ilk dam olish kunida ko‘plab shaharlarda urushga qarshi namoyishlarning yangi to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Huquq himoyachilari xabariga ko‘ra, 32 shaharda qariyb 800 kishi qo‘lga olingan - bu safarbarlik e’lon qilingan kuni o‘tkazilgan namoyishlarda qo‘lga olinganlar sonidan kamroq.
«OVD-Info» loyihasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab qo‘lga olinganlar soni 796 nafarni tashkil etmoqda.
Moskvada shanba kuni odamlar Chistoprudniy bulvarida yig‘ilgan. Rossiya nashrlari muxbirlari qayd etishicha, bu yerga uch kun oldingidan kamroq odam kelgan. Shuningdek Pokrovka, Pokrovskiy bulvari va «Zaryade» parkida ham odamlar qo‘lga olingan.

Namoyishchidan tortib olingan plakatni ko‘tarib turgan politsiyachi. Foto: Getty Images
Chistoprudniy bulvarida nogironlar aravachasidagi ayol «Men kabi bo‘lishni istaysizmi?» yozuvli plakat ko‘tarib kelgan. OAV xabariga ko‘ra, uni qo‘lga olishmagan.
Telegram-kanallarda politsiyachilar qo‘lga olinganlarni yerda sudrab, dubinkalar bilan kaltaklayotgani, uch-to‘rt kishilashib bir kishini olib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Qo‘lga olish joyiga oldindan ko‘p sonli politsiyachilar keltirilgan.
«Zaryade» parkida OMON besh-o‘n kishi bo‘lib turgan yoshlarni qo‘lga olishgan. Qo‘lga olinganlar IIB binolariga olib ketilgan.
Qo‘lga olinganlarning xabar qilishlaricha, ularning pasport va telefonlari olib qo‘yilgan. Soat kechqurungi yetti atrofida «Vesna» harakati kanalida aksiya yakunlangani haqida xabar paydo bo‘lgan.
«OVD-Info» Moskvada kamida 374 kishi qo‘lga olinganini xabar qildi. 21 sentyabr kuni Moskvada 394 kishi qo‘lga olingandi.
Peterburgda faollarning alohida guruhlari plakatlar ko‘targan holda ko‘chalar bo‘ylab harakatlanishgan. Rossiya nashrlari xabarlariga ko‘ra, bu shaharda politsiya qat’iyroq harakat qilgan.
Dastlabki qo‘lga olish holatlari Sadovaya ko‘chasida bo‘lib o‘tgan. Muxbirlarning xabar qilishicha, OMON barchani bir boshdan qo‘lga olgan.
«Kommersant» gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olish vaqtida Peterburg omonchilari elektroshoker qo‘llagan. Har bir namoyishchiga kamida to‘rt nafardan politsiyachi tashlangan.
Peterburgdagi namoyishlar fonida faollarning uylarida tintuv o‘tkazilgan. Norozilik aksiyalari va qo‘lga olishlar Moskva va Peterburgdan boshqa joylarda ham bo‘lib o‘tgan.
Novosibirsk (70 kishi qo‘lga olingan), Ijevsk (21 kishi), Irkutsk (20 kishi), Tomsk (18 kishi), Perm (16 kishi) va boshqa yirik shaharlarda ham namoyishlar o‘tkazildi.
«Tayga.info» xabariga ko‘ra, Tomskda namoyishchilar shahar markazidagi Lenin maydonida yig‘ilgan.
Irkutsk va Samarada qo‘lga olinganlarga politsiya uchastkalarida chaqiruv qog‘ozi tarqatilgan. 21 sentyabr kuni Moskvadagi namoyishlar vaqtida ham shunday holatlar kuzatilgandi.
Shu kunlarda Moskva prokuraturasi kelishilmagan norozilik aksiyalariga chiqishdan tiyilishga chaqirib, ishtirokchilarga nafaqat ma’muriy, balki jinoiy ish ochilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Novosibirsk

Norozilik aksiyasi boshlanishi. Foto: Kirill Kuxmar / TASS

Kirill Kuxmar / TASS

Aksiyada qo‘lga olinganlar. Foto: Kirill Kuxmar / TASS
Perm

Qo‘lga olinganlar chiqarilgan avtozakda olingan surat. Foto: Perm 36,6
Tomsk

Politsiyachilar aksiyaga chiqqan qizlarni o‘rab olishgan. Foto: «7×7»
Yekaterinburg

Sankt-Peterburg

OMON shahar markazidagi yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
Aleksandr Demyanchuk / TASS

Qo‘lga olish jarayoni. Foto: Aleksandr Demyanchuk / TASS

Anatoliy Malsev / EPA / Scanpix / LETA

Aksiyada qo‘lga olinganlar guruhi. Foto: Aleksandr Demyanchuk / TASS
Moskva

OMON shahar markazida. Foto: Mixail Tereshchenko / TASS

Foto: Getty Images

OMON aksiyada qo‘lga olinganlarni tintimoqda. Foto: Mixail Tereshchenko / TASS

Politsiyachilar namoyishga chiqqan qizni qo‘lga olmoqda. Foto: AP / Scanpix / LETA

Mixail Tereshchenko / TASS

Politsiyachilar aksiya ishtirokchilarini quvmoqda
Sergey Fadeichev / TASS

Politsiyachilar va Vasilevskiy qiyaligida qo‘lga olinganlar. Foto: Sergey Fadeichev / TASS

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar