Antaliyaning Manavgat tumanidagi masjidga jamoat bomdod namozini o‘qiyotgan paytda oyoq kiyimini yechmasdan kaltak ko‘tarib kirgan mast sayyoh mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Voqea Gyundog‘du tumanidagi Xoji Ayshe Chetin masjidida sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi bomdod namozini o‘qiyotgan paytda masjidga devordan sakrab kirgan rossiyalik sayyoh mast holda hovlidan topib olgan kaltagi bilan poyabzalini yechmasdan masjidga kirgan.
Erkak baland ovozdan bezovta bo‘lib masjid derazalarini yopishga harakat qilgan. Uning bu harakatlari masjid qo‘riqchilarining e’tiborini tortgan va u masjiddan olib chiqib ketilgan.
Voqea kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan.
Holat Manavgat tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlarigacha yetib borgan va mahalliy sud rus sayyohini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan. Rossiyalik sayyoh deportatsiya qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda