
Aleksandr Juravlyov va Roman Berdnikov (suratda o‘ngda)
Rossiya armiyasining g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Juravlyov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
G‘arbiy harbiy okrugga general-leytenant Roman Berdnikov yangi qo‘mondon etib tayinlandi. Berdnikov o‘z vaqtida Rossiyaning Suriyadagi qo‘shinini boshqargan.
OAV Juravlyovning ishdan olinishiga uning frontdagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lganini taxmin qilyapti. Uning qo‘l ostidagi rus qo‘shini Ukrainaning Xarkov viloyatidagi janglarda qatnashgan.
Roman Berdnikov — oltoylik. 1991 yili Kiyevdagi Suvorov harbiy bilim yurtini, 1995 yili Moskva oliy umumqo‘shin qo‘mondonligi bilim yurtini tamomlagan. Motoo‘qchilar qo‘shinlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar