date
views 1 118

Britaniya: Limanning yo‘qotilishi - Rossiya uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlik

Britaniya: Limanning yo‘qotilishi - Rossiya uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlik
Foto: AFP
Rossiya qo‘shinlarining Limandan chekinishi, Rossiya «ozod qilmoqchi» va uni qo‘shib olishga harakat qilayotgan Donetsk oblastida joylashgani hisobga olinsak, RF uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlikdir. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan hisobotda aytiladi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu qaror allaqachon yuqori martabali amaldorlar tomonidan Rossiya harbiy rahbariyatini jamoatchilik oldida oshkora tanqid qilishning yangi to‘lqiniga olib kelgan.

«Noqonuniy bosib olingan hududlarda yerlarning keyingi yo‘qotilishi jamoatchilikning yana bir tanqidiga va oliy qo‘mondonlikka bosimning kuchayishiga olib kelishi mumkin», deyiladi hisobotda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining G‘arbiy va Markaziy harbiy okruglarining kam sonli bo‘linmalari, shuningdek safarbar etilgan zaxiradagi askarlar Limanda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Bundan oldin Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi Liman shahrini qaytarib olgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu shahar ustidan nazorat boy berilganini tan oldi va bu Ramzan Qodirov hamda Rossiyadagi urushning boshqa tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya: Limanning yo‘qotilishi - Rossiya uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlik