15:05 / 06.10.2022
902

Rossiya Belarusga yana 1,5 milliard dollar qarz beradi

Rossiya Belarusga yana 1,5 milliard dollar qarz beradi
Foto: Kreml axborot xizmati
Aleksandr Lukashenkoning Rossiyaga sentyabr oyi o‘rtasidagi oxirgi tashrifida amalga oshirilgan kelishuvga ko‘ra, Rossiya Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida davlat krediti ajratadi.

Belarusga 1,5 milliard dollar miqdorida davlat krediti berilishini Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk tasdiqladi. Kredit import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun berilishi aytilgan.

14 sentyabr kuni Sochidagi Lukashenko bilan uchrashuvda Vladimir Putin Belarusga kelishilgan kredit ajratib berilishini tasdiqlagandi: «Belarusni yaqin ittifoqchi deb bilamiz. Rossiya Belarus iqtisodidagi eng yirik investor bo‘lib qoladi. Rossiya shunday qiyin pallada Belarusga davlat krediti berishi borasida kelishuvga erishdik. Biz bu kelishuvni bajaramiz. Adashmasam, moliya vazirlarimiz bu borada ishlarni boshlab yuborgan», degandi Putin.

OAVda yozilishicha, Rossiya pulni allaqachon ajratib bo‘lgan.

Putin ta’kidlaganidek Rossiya chindan Belarusning eng yirik iqtisodiy «panohi» hisoblanadi. Aprel oyida Rossiya Belarusga to‘lash muddati yetgan 1 milliard dollar davlat kreditini keyinroq to‘lashga ruxsat bergandi. OAV Rossiya joriy yil mart oyida xorijiy davlatlarga 1 milliard dollar miqdorida davlat krediti berganini aniqlagan, bu davlatlar Eron va Belarus bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.

2021 yil oxirida esa Rossiya Belarusga sotiladigan gaz narxi o‘zgarishsiz qolishiga rozilik bergandi. Dunyo bozorida gaz narxi keskin qimmatlagan vaqtda ham Belarus Rossiyadan o‘sha kelishuvga ko‘rsatilgan narxda gaz sotib olishda davom etdi. 2021 yil Rossiya Belarusga 630 million dollardan ortiq turli yo‘nalishdagi davlat kreditlari ham ajratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Belarusga yana 1,5 milliard dollar qarz beradi