Zaporojyedagi aholi yashash joylariga yana raketa zarbasi berildi, 17 kishi halok bo‘ldi (video)

Zaporojyedagi aholi yashash joylariga yana raketa zarbasi berildi, 17 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: Telegram
Rossiya kuchlari 9 oktabrga o‘tar kechasi Zaporojyening turar joy massivlariga zarba berdi. Oqibatda kamida 17 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Zaporojye shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 5 ta xususiy uy vayron bo‘lgan, 40 ga yaqini zarar ko‘rgan. Ko‘p qavatli uylar ham vayron qilingan.

Hammasi bo‘lib, Zaporojyega o‘nta raketa tushgan. Qutqaruvchilar yetishmayotgani sababli hukumat vayronalarni tozalashda ko‘ngillilardan yordam so‘ramoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan Zaporojyening yana o‘qqa tutilishiga shunday munosabat bildirdi:

Yana Zaporojye. Yana tinch aholiga shafqatsiz zarbalar. Turar joy binolariga, yarim tunda. Mutlaq bema’nilik. Mutlaq yovuzlik. G‘ayriinsoniy va terrorchilar. Bu buyruqni berganlardan tortib uni bajarganlarning hammasi qilmishiga javob beradi. Majburiy. Qonun oldida va xalq oldida.

Internetda Zaporojyedagi raketa tushgan joylardan olingan kadrlar tarqaldi.


Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar