
Xitoy Kommunistik partiyasi gegemonizm va qo‘pol kuch siyosatiga qarshi ekan. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin bayonot berdi.
Xitoy rahbari Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasining 20-Milliy qurultoyi ochilishida “Biz chinakam ko‘p qirralilik tarafdorimiz va uni amalda qo‘llab, gegemonizm va qo‘pol kuch siyosatiga qarshi aniq pozitsiyadamiz”, dedi.
Pekin Xitoy xususiyatlariga ega yirik davlat diplomatiyasini targ‘ib qiladi va xalqaro munosabatlarda adolatni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi u.
Uning “gegemonizm va qo‘pol kuch siyosati” haqidagi fikri AQSHga qaratilganmi va yo Rossiyaga, bu siyosatchilarni qiziqtirayotgan masala.
Eslatib o‘tamiz, Pekinda 16-22 oktabr kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining 20-s’ezdi bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar