01:17 / 21.10.2022
3 910

“Bu hali holva”: Qodirov Ukraina hukumatiga murojaat qildi

“Bu hali holva”: Qodirov Ukraina hukumatiga murojaat qildi
Checheniston rahbari Rossiya Kiyev rejimini uzoq ogohlantirganini aytdi va bundan buyog‘iga hammasi boshqacha bo‘lishini ta’kidladi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya qo‘shinlarining Ukraina harbiy boshqaruv va energetika tizimlari ob’ektlariga zarbalariga munosabat bildirib, bundan buyon Rossiya Kiyev hukumatiga o‘z shartlarini o‘tkazishini ma’lum qildi.

Biz Kiyevda o‘tirib qolgan jinoiy rahbariyatni maxsus harbiy operatsiya davomidagi aniq choralar biz tomonimizdan hali qabul qilinmaganidan juda uzoq ogohlantirgandik. Rossiya ko‘p marotaba iblis qo‘mondonligiga o‘z hushini yig‘ishtirib olishga imkoniyat berdi. Biroq bizni eshitishmadi yoki e’tiborga olishmadi. Endi hammasi boshqacha bo‘ladi. Shartlarni bundan buyon biz qabul qildiramiz. Bu hali holva”, - deya yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.

Shuningdek, u ittifoqchi kuchlarning Artyomovsk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lum qilgan.

Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan hafta davomida yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukrainaning harbiy boshqaruv, aloqa va energetika tizimlari ob’ektlariga zarba berishdi. Eng kuchli va ommaviy zarbalar 10 va 11 oktabr kunlari berildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10 oktabr kuni mamlakat Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilishda bu Kiyevning Qrim ko‘prigida uyushtirgan terakti va Rossiyaning boshqa fuqarolik ob’ektlariga hujumlariga javob ekanini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo