20:44 / 25.10.2022
2 082

Ramzan Qodirov: Ukrainadagi urush “maxsus operatsiya” emas, balki urush!

Ramzan Qodirov: Ukrainadagi urush “maxsus operatsiya” emas, balki urush!
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Rossiya hududi o‘qqa tutilishiga Rossiya armiyasining munosabatini “zaif” deb atadi va Ukraina shaharlarini yer yuzidan yo‘q qilishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining telegram kanalidagi xabarida gapirgan.

"Biz zaif javob qaytardik. Agar snaryad biz tomondan, bizning mintaqamizdan uchib ketgan bo‘lsa, shaharlarni yo‘q qilishi kerak. Toki, ufqqacha supirilib ketsin. Agar biror qaror qabul qilsak, ertaga nima bo‘ladi, deb o‘ylashning hojati yo‘q», deydi Qodirov.

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishini Roskomnadzor talab qilganidek, "maxsus operatsiya" emas, balki urush deb atash kerakligini bir necha bor ta’kidladi. Chunki janglar allaqachon "bizning yerimizda" olib borilmoqda, dedi u.

Qodirov Shimoliy Kavkaz xalqlari orasida ko‘ngillilar kamligidan ham g‘azablangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kavkazliklar harbiy komissariatlarda navbatga turishlari kerak. Bu masala hammani tashvishga solishi va uning aytishicha, 1,6 million chechendan 300-400 ming kishi frontga ketishi lozim ekan.

Qodirov hozirgi vaziyatdan juda norozi. Uning fikricha, bundan yomoni bo‘lishi mumkin emas. "Yevropa o‘zining LGBTchilaridan boshqa bizga qarshi qo‘yadigan kuchi yo‘q”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Ramzan Qodirov voyaga yetmagan o‘g‘illari – 16 yoshli Ahmad, 15 yoshli Zelimxon va 14 yoshli Adam Ukrainadagi urushda qatnashayotganini ma’lum qilgandi. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, farzandlari u yerda “Ichkeriya batalonlari” a’zolarini qidirishda ishtirok etgan. Yo‘l-yo‘lakay Checheniston xavfsizlik kuchlarining joylashuvi bilan tanishgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo