2 651
Ukraina hukumati: «Ukrainaning Xerson viloyatiga hujumi oqibatida o‘nlab chechenlar halok bo‘ldi»

Foto: Delfi
Ukrainaning Xerson viloyati harbiy okrugi rahbari Sergey Xlanning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Xerson viloyatidagi chechen polki bazasiga bergan zarbasi oqibatida 40 dan rus askari halok bo‘lgan, ikki yuzga yaqini yaralangan, deb yozadi Meduza.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining kechki hisobotida hujum Kaira qishlog‘idagi maktabga uyushtirilgani va oqibatda 30 ga yaqin askar halok bo‘lganini ta’kidladi.
Chechen muxolifatining 1ADAT Telegram kanali, o‘z navbatida, Checheniston Rossiya gvardiyasining «Neftepolk» maxsus bo‘linmasidagi «Qodirovchilar» zarbaga uchraganini va kamida yuz kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Telegram va YouTube’da vayron bo‘lgan binoda o‘tirgan ba’zi harbiylar chechen tilida gapirib, bir-birlarining jarohatlarini tekshirayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Uning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.
Rossiya qo‘mondonligi jangchilarning o‘limini rasman tasdiqlamadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar