
Ukrainadagi urushda ruslardan ko‘ra boshqa milliy ozchilik vakillarining halok bo‘lish ehtimoli yuqoriroq. Bu ba’zan bir necha o‘n barobarni tashkil etadi. Ammo ko‘p holatlarda halok bo‘layotganlarni ruslar tashkil etadi, milliy ozchilikning o‘limi xavfi atayin amalga oshirila yotgan siyosat emas, asosan, mintaqalar o‘rtasidagi tengsizlik tufayli yuqoriligicha qolmoqda.
Buryatiyada aholisi 20 ming kishi bo‘lgan Kyaxta shaharchasida 45 nafar aholisi Ukrainada halok bo‘ldi. Huquq himoyachilari orasida «Rossiya buryatlarni o‘ldirmoqda, Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa ularni qutqaryapti», – degan atama mashhur bo‘lib ketdi. Dog‘istonda esa yaqinda safarbarlikka qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Agar media makon tahlil qilinsa, Rossiya frontga asosan etnik ozchilikni jo‘natayotgani haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, armiyaga jalb qilinish holatlari milliy respublikalar (Buryatiya, Tiva, Dog‘iston va Checheniston)da yuqori. ammo haqiqatdan ham Ukrainada jang qilayotgan Rossiya qo‘shinlari asosan milliy ozchilik vakillaridan iboratmi?
Halok bo‘lganlarning Rossiya mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi
21 oktabr ma’lumotlariga ko‘ra, besh hududda halok bo‘lganlar soni ko‘p: Krasnodar o‘lkasi (332), Dog‘iston (321), Buryatiya (305), Boshqirdiston (258) va Volgograd viloyati (230). Bu bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Qorachoy-Cherkas (19), Yamal-Nenes muxtor okrugi (10), Magadan viloyati (7), Nenetsk muxtor okrugi (4) va Chukotka muxtor okrugi (2).
Bundan ko‘rinadiki, halok bo‘lganlar ko‘rsatkichi yuqori hududlar orasida haqiqatdan ham milliy respublikalar bor. Ammo turli mintaqalar aholi soni bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Shu sababli umumiy o‘limlarni emas, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelayotgan o‘lim holatlarini hisoblash kerak bo‘ladi.
Rossiya hududlari aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan halok bo‘lganlar ulushi
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori holat Buryatiya va Tivada qayd etilgan (mos ravishda 10 ming kishiga 28.4 va 27.7 o‘lim). Undan keyingi o‘rinlarda Pskov (17.1), Shimoliy Osetiya (16.8), Oltoy Respublikasi (16.3). Dog‘istonda o‘lim koeffitsiyenti 7.6 tani tashkil etsa, Chechenistonda 7.1 va Ingushetiyada 6.4.
Eng past koeffitsiyent Moskva viloyati (1.7), Yamal-Nenetsk muxtor okrugi (1.7), Xanti-Matiysk muxtor okrugi (1.7), Sankt-Peterburg (1.4) va Moskva shahrida (0.3) kuzatilgan.
Shu bilan birga Buryatiyada halok bo‘lgan yoshlarning 60 foizini etnik ruslar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Tivada 10 foiz, Checheniston va Ingushetiyada 1 foizni tashkil etgan. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Ukrainada halok bo‘lganlarning katta qismini etnik ruslar tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar