19:26 / 18.11.2022
1 499

Dmitriy Peskov: «Rossiya tergovga kiritilmaganidan afsusdamiz»

Dmitriy Peskov: «Rossiya tergovga kiritilmaganidan afsusdamiz»
Foto: «Argumenti.ru»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Donbassda Malayziyaning Boeing samolyoti urib tushirilgani bo‘yicha Gaaga sudining hukmi «chuqur tahlil»ni talab qilishini aytdi.

«Rossiya olib borilayotgan tergovga kiritilmaganidan afsusdamiz. Ishonchimiz komilki, Rossiya tomonining bu jarayondan chetlatilgani, kamida tergovning xolisligiga hissa qo‘shmagan. Sud qarorining o‘ziga kelsak, avvalo chuqur tahlil qilish zarur», — deydi Peskov.

17 noyabrda Niderlandiya sudi ikki nafar rossiyalik Igor Girkin (Strelkov) va Sergey Dubinskiyni hamda ukrainalik Leonid Xarchenkoni 2014 yil Malaysia Airlines yo‘lovchi laynerini halokatga uchratganlikda aybdor deb topdi. Hodisada 298 kishi halok bo‘lgandi. Ayblanuvchilarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Ular qurbonlarning yaqinlariga kamida 16 million yevro tovon puli to‘lashi kerak.

Sud 2014 yil iyul oyida MH17 reysi «Buk» zenit-raketa tizimi yordamida urib tushirilgan degan xulosaga keldi. Raketa o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donetsk nazorati ostida bo‘lgan Pervomaysk qishlog‘i yaqinidagi daladan uchirilgan. «Buk» Rossiya qurolli kuchlarining Kurskda joylashgan 53-havo hujumidan mudofaa brigadasiga tegishli bo‘lgan. Tergovda Igor Strelkov «Buk»ni Donbassga yetkazishni buyurgani, Dubinskiy va Xarchenko esa uni tashish bilan shug‘ullangani e’lon qilindi.

Gaaga sudi 2014 yilda Malayziya «Boeing»i urib tushirilganda o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donetsk Rossiya nazorati ostida bo‘lganini alohida ta’kidladi. Bu hududda rus qurollaridan foydalanilgan, bundan tashqari rus qo‘shinlari Donbassda jang qilgan. Sud MH17 halokatida «Buk» havo mudofaa tizimidan foydalanishni Rossiya bilan bevosita aloqador deb topmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dmitriy Peskov: «Rossiya tergovga kiritilmaganidan afsusdamiz»