
Peshin vaqti yaqinlashganda, Qatar bo‘ylab muazzinlar musulmon futbolchilarni, muxlislarni va rasmiylarni musulmon mamlakatida bo‘lib o‘tadigan birinchi jahon chempionatining birinchi juma namoziga chaqirishdi, deb xabar berdi Reuters.
Dohaning G‘arbiy ko‘rfazidagi baland minorali, o‘ymakor yog‘och eshikli Ibrohim Xalilulloh masjidida ko‘plab musulmonlar farz hisoblangan juma namoziga yig‘ilishdi.
Ular orasida Tunis, O‘mon, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan muxlislar, FIFA vakillari, fransuz futbol libosini kiygan bolalar va yaqin atrofdagi mehmonxonalar va ko‘p qavatli binolarning yuzlab erkak va ayollari bor edi.
Futbol uchun odatiy bo‘lmagan chempionat bo‘lib o‘tmoqda. Musulmon muxlislarning ta’kidlashicha, Qatar jahon chempionati ularni har qachongidan ham ko‘proq – stadionda ibodat xonalari, halol oziq-ovqat mahsulotlarini savdosi va boshqa imtiyozlar bilan ta’minladi. Stadionda spirtli ichimliklar taqiqlangani uchun tribunalarda pivo ichadigan muxlislar yo‘q.
"Men juma namozida qatnashish uchun Islom davlatiga keldim. Bu musobaqalarda meni eng xursand qiladigan holat", dedi Marokashdan kelgan muxlis Yusuf Idbariy.
Boshqa barcha musulmonlar singari, Idbariy ham poyabzalini yechib, masjidning asosiy xonaqohiga kirdi.
Musobaqaning birinchi haftasida juma namozi o‘qilishi, ochilish marosimida Qur’oni karimdan tilovat qilinishi, va Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari inglizcha tarjimalari bilan Doha bo‘ylab joylashtirilishi har qadamda Islomning mavjudligini ko‘rsatib turadi.
Qatarga kelgan musulmon muxlislar o‘yinlardan avvalgidan ko‘ra yaxshiroq bahramand bo‘lishlari mumkin bo‘lsa-da, bu jahon chempionati davomida ular uchun vaziyat o‘zgaradimi yoki yo‘qmi noma’lum.
"Dastlabki belgilar Qatarni tanqid qilish va musulmonlarga nisbatan haqiqiy dushmanlik o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi", degan Islomofobiya modellarini onlayn va oflayn rejimda jamoatchilik fikrini o‘zgartirish belgilarini o‘rganayotgan Birmingem shahar universiteti kriminologiya professori Imron Avan.
32 jamoadan iborat musobaqada ishtirok etayotgan ba’zi mamlakatlar Qatarni mehnat muhojirlari, ayollar va LGBT hamjamiyatining huquqlarini buzgan, deb tanqid qilmoqda.
Ayni paytda musulmon muxlislari o‘zlariga yaratilgan sharoitdan zavqlanishmoqda.
Janubiy afrikalik futbol ishqibozi Rizvon G‘ulom Husayn namoz o‘qishga joy axtarib stadionni tark etishga odatlangan edi. Hatto 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham shunday bo‘lgan.
"Siz namoz vaqtida stadionni tark etasiz. Qaytib kelsangiz, jamoaviy golni yoki eng muhim vaziyatni o‘tkazib yuborgan bo‘lasiz. Bu jahon chempionatida hammasi boshqacha. U men va menga o‘xshagan muxlislar uchun, u men uchun ishlaydi, u menga mos keladi", dedi u Reuters agentligiga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar