06:58 / 30.11.2022
1 020

Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «3 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident ma’muriyatida ma’lum qildi.

Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2022 yil 17 noyabrda ma’qullangan edi.

Qonun bilan 2022 yil 3 noyabrda Bishkek shahrida imzolangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish taklif etiladi.

3 noyabr kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining 302,29 km uzunlikdagi uchastkalarini o‘z ichiga olgan alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim imzolangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi