23:54 / 29.11.2022
1 886

Rishi Sunak siyosat yuritishda Rossiyadan o‘rnak olishga chaqirdi

Rishi Sunak siyosat yuritishda Rossiyadan o‘rnak olishga chaqirdi
London Rossiya va Xitoy davlatlari kabi uzoq muddatli tashqi siyosatni rejalashtirishi kerak. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ma’lum qildi. Uning so‘zlarini "Bloomberg" agentligi keltirmoqda.

Sunakning fikriga ko‘ra, hozirgi sharoitda qisqa muddatli rejalar samarasiz.

Bizning strategiyamiz Rossiya va Xitoy kabi boshqa dunyo derjavalari siyosatiga mos kelishi kerak. Raqiblarimiz uzoq muddatga rejalashtirishadi. Shu tariqa biz revolyutsion o‘sishga erishamiz”, - deydi u.

Shu bilan birga nashrning yozishicha, bosh vazir lavozimiga kirishgach, Sunak Buyuk Britaniyaning Xitoyga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirgan, sobiq bosh vazir Liz Trassning Xitoyni mamlakat uchun tahdid deb e’lon qilish rejalaridan voz kechgan.

Avvalroq Sunakning vakili Ukrainada harbiy harakatlar davom etayotganda London va Moskva munosabatlari avvalgi bosqichga qaytmasligini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo